Hurmatli foydalanuvchilar va hamkorlar!

 Mamnuniyat bilan kompaniyamiz hayotidagi hodisa haqida xabar beramiz. Bizning ofis yangi manzilga ko’chib o’tdi.

Bizning yangi manzil:

Toshkent sh. Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko’ch., 8А

Bizning jamoa Sizni yangi ofisimizda qarshi olishni intiqlik bilan kutib qoladi.

Agar Sizda yangi manzilimiz bo’yicha biron-bir savol paydo bo’lsa, iltimos quyidagi kontaktlar yordamida biz bilan bog’laning:

+ 998 55 501 00 30

@regos_uzbot

Qo’llab-quvvatlaganingiz va ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat ila, REGOS Software kompaniyasi!


 

Bugun biz vatanimiz uchun jang qilganlarni, tinchlik va ozodlik uchun kurashganlarni yodga olamiz. Ularni xotirlab barchamiz uchun ko’rsatgan imkonsiz jasoratlari uchun tashakkurlar aytamiz.

Ushbu kunda ikkinchi jahon urushi faxriylariga o’zimizning chuqur hurmat va minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Bukilmas irodangiz, ko’rsatgan jasoratingiz va matonatingiz uchun sizlarga rahmat. Sizlarni sharofatingiz ila, biz ozod va mustaqil yurtda tinch va osoyishta hayot kechirib kelmoqdamiz.

Shu bilan birga biz yurtimiz tinchligi va farovonligi barchamizning umumiy ishimiz ekanligini eslatmoqchimiz. Siz faxriylar asos solgan mardlik va jasorat an’analarini saqlaylik va yanada mustahkamlaylik. Keling yosh avlodni tariximiz bilan faxrlanishga, qahramonlar xotirasini qadrlashga va kelajak avlodlar uchun yurtimizni takomillashtirishga o’rgataylik.

Ushbu bayram bizga ozodlik va tinchlik uchun qurbonlik keltirganlarni hech qachon unutmaslik kerakligini esga solsin. Yurtimiz hamisha tinch, kuchli bo’lsin va yanada porlasin.

Chuqur hurmat va minnatdorchilik bilan, REGOS Software kompaniyasi.


Kelayotgan bayram munosabati bilan, 09.05.2023 yil sanada bizning ofis yopiq bo’lishini eslatamiz.

 10.05.2023 yil sanadan bizning eshiklar avvalgi 10:00- 19:00 tartibda ochiq.


Hurmatli foydalanuvchilar!

Kelayotgan Navro’z bayrami bilan tabriklaymiz!

Ushbu kun barchamiz uchun muhimdir, chunki u yangi kun, yangi ko’klam, yangilanish va hayot tantanasi timsolidir!

Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va bizning hamkorligimiz samarali va bardavom bo’lishi uchun imkoni bor barchasini qilishga tayyormiz.

Ushbu kunda biz sizga baxt, sihat-salomatlik va ravnaq topishni tilaymiz. Sizning orzu va rejalaringiz ro’yobga chiqishini, biznesingiz yanada o’sib rivojlanishini tilaymiz. Biz sizni bu jarayonda qo’llab-quvvatlashga va maqsadingizga erishishda sizga yordam berishga tayyormiz.

Ezgu niyat ila Navro’z bayrami bilan, REGOS Software kompaniyasi!

Kelayotgan bayram munosabati bilan ofisimiz 18.03.2023y. dan 22.03.2023y. gacha yopiq bo’ladi.

23.03.2023y. dan bizning eshiklarimiz avvalgi 10:00 - 19:00 tartibda ochiq.


Hurmatli foydalanuvchilar!

Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!

Ramazon Hayiti bu alohida e'tibor, ma'naviy poklanish va bir-birlarmizni tushunish va kechirish kunidur. Biz ushbu muqaddas kunning ma'naviy foyda beruvchi kun ekanligini qadrlaymiz va samimiy tilaklarimizni sizlar bilan baham ko'rishdan mamnunmiz.
Sizga va yaqinlaringizga tinchlik hotirjamlik, osmoningiz musaffo bo'lishligini, hamda ilm va ma'rifatda katta yutuqlarga erishishingizni tilab qolamiz.
Ushbu bayram sizga nafaqat hotirjamlik va hamjihatlilik, balki omad va yangi yutuqlar olib kelsin.

Hurmat bilan, REGOS Software kompaniyasi!

Bayram munosabati bilan ofisimiz 21.04.2023y. dan 24.04.2023y. gacha yopiq ekanligini maʼlum qilamiz.

 25.04.2023y. dan bizning eshiklarimiz avvalgi 10:00 - 19:00 tartibda ochiq.


Aziz ayollar, sizlarni 8 mart – Xalqaro ayollar kuni bilan tabriklaymiz!

Sizlar hayotni yaxshiroq va yanada go’zalroq aylaysiz. Siz yoqimli tabassum bilan murakkab masalalarni yechasiz va yo’qki biron to’siq sizning muloyim nigohingiz qarshisida tik tura olsa.

Sizga quyoshli kunlar, bahorgi kayfiyat, baxt-saodat, sihat-salomatlik va kasbingizda yuksak cho’qqilarga erishishni tilaymiz! Xonadoningizdan mehr-muhabbat va inoqlik arimasin, hayot sizga to’xtovsiz yangi kuch-quvvat ato etsin.

Hurmat ila REGOS Software kompaniyasi!


 Kelayotgan bayram munosabati bilan sizga shuni ma’lum qilamizki 08.03.2023 da ofisimiz yopiq bo’ladi.

 09.03.2023 dan bizning faoliyatimiz avvalgi tartibda 10:00- 19:00 davom etadi.


Aloqa