Ushbu maqolada:
Aksiyalar biznesingizga nima beradi
1. Savdo hajmini oshirish
To‘g‘ri tuzilgan aksiya qisqa vaqt ichida savdoni 20–50% ga oshirishi mumkin. Bu ayniqsa mavsumiy yoki tez buziladigan mahsulotlar uchun muhim.
2. Yangi mijozlarni jalb qilish
Ijtimoiy tarmoqlarda yoki vitrinalarda yorqin aksiya – ilgari e’tibor bermagan mijozni ham jalb qilishning ajoyib usuli.
3. Mijoz sadoqatini oshirish
Agar odamlar do‘koningizda tez-tez qiziqarli takliflar bo‘lishini bilsa, ular qayta kelishga moyil bo‘ladi.
4. Tovar aylanmasini tezlashtirish
Aksiyalar ortiqcha qoldiqlarni tezroq sotib, omborni bo‘shatishga va yangi partiyalar xaridiga mablag‘ ajratishga yordam beradi.
5. Raqobatchilar orasida ajralib turish
Hamma ham moslashuvchan aksiya funksiyalariga ega emas, REGOS orqali esa siz raqobatchilar takrorlay olmaydigan takliflar bera olasiz.
REGOS dagi aksiya turlari
REGOS orqali oddiydan tortib murakkabgacha bo‘lgan aksiyalarni sozlash mumkin. Mana ba’zi misollar:
-
Ikkinchi mahsulotga chegirma
Masalan: “Bitta futbolka ol – ikkinchisiga 50% chegirma” yoki “Ikkinchi ichimlikka 50% chegirma”. Kiyim, aksessuar, kosmetikada yaxshi ishlaydi. -
2+1 yoki 1+1 formati
“2 shokolad ol – 3-shi bepul” yoki “1 shirinlik ol – ikkinchisi bepul”. Xaridorni rejasidan ko‘proq olishga undaydi. -
Chek summasidan chegirma
“200 000 so‘mga xarid qil – sovg‘a ol” yoki “100 000 so‘m uchun 1% chegirma, 200 000 so‘m uchun 2%, 300 000 so‘m uchun 3% chegirma”. Chek summasini oshirishga rag‘bat beradi. -
Vaqtli aksiyalar
“19:00 dan keyin pishiriqlarga 15% chegirma”, “Baxtli soatlar: ertalab 8:00–10:00 oralig‘ida qahvaga 20% chegirma” yoki “Hafta davomida tez buziladigan mahsulotlarga 25% chegirma”. Past talab davrida mijozlarni jalb qiladi. -
Xarid uchun sovg‘a
“Shampan vinosi ol – olma sharbati sovg‘a” yoki “Qaytimga olib ket”. Mijozda yaxshi hotira va tuyg‘u uyg‘otadi va qayta kelishga sabab bo‘ladi. -
Doimiy mijozlar uchun shaxsiy aksiyalar
Sodiqlik dasturi orqali maxsus takliflar: tug‘ilgan kunga chegirma, ma’lum miqdorda xariddan keyin qo‘shimcha bonus va boshqalar.
Mijozlar eng ko‘p yoqtiradigan aksiyalar
REGOS foydalanuvchilari tajribasiga ko‘ra, xaridorlar eng ko‘p quyidagilarga ijobiy javob berishadi:
- Sovg‘alar – kichkina bo‘lsa ham (sharbat, shokolad, krujka) quvonch va do‘stlarga aytish istagini uyg‘otadi.
- “2 ta narxiga 1 ta” – darhol foyda hissini beradi.
- Vaqtli takliflar – “hoziroq olish” zaruriyatini his qiladi.
- Shaxsiy chegirmalar – mijoz o‘ziga mo‘ljallanganini his qiladi.
Nega aksiyalarni REGOS’da sozlash kerak
Narx yorliqlarini qo‘lda o‘zgartirish, chegirmalarni qayta hisoblash va kassirlarni nazorat qilish o‘rniga REGOS buni avtomatik bajaradi:
- Siz shartlarni belgilaysiz (sanalar, mahsulotlar, chegirmalar, sovg‘alar).
- Tizim aksiya shartlarini kassada avtomatik qo‘llaydi.
- Savdo va natijalarni hisobotlarda ko‘rishingiz mumkin.
Bu vaqtni tejaydi, xatolarni kamaytiradi va takliflaringizni yanada aniq hamda boshqariladigan qiladi.
Xulosa: Aksiya – bu shunchaki “chegirma” emas. Bu foyda, sadoqat va obro‘ uchun ishlaydigan vosita. REGOS orqali esa siz ularni oson, moslashuvchan va istalgan vaqtda yaratishingiz mumkin.