Select your language

(55) 501-00-30 Qo‘llab-quvvatlash markazi

Qanday qilib tarkibli (sostavnoy) tovar sotiladi: “Shokolad, choy, qahva” sovg‘a to‘plami

Qanday qilib tarkibli (sostavnoy) tovar sotiladi: “Shokolad, choy, qahva” sovg‘a to‘plami

Bayram kunlari va sovg‘alar mavsumi — xaridorlar tayyor sovg‘a variantlarini faol izlaydigan vaqt. Eng mashhur variantlardan biri — mahsulotlardan tuzilgan universal sovg‘a to‘plamlari: shokolad, choy va qahva. Bunday tarkibli tovar xaridorlarning diqqatini tezda tortadi.
Ushbu maqolada REGOS Servisida “Sovg‘a to‘plami: shokolad, choy, qahva” tarkibli tovarini qanday yaratish haqida, shuningdek, nima uchun bunday to‘plamlar talabgir ekanligini tushuntirib beramiz.

Ushbu maqolada:

  1. REGOS Servisida tarkibli tovar qanday yaratiladi?
  2. Nima uchun tarkibli tovar sotish kerak?

REGOS Servisida tarkibli tovar qanday yaratiladi?

Sovg‘a to‘plamlari bilan samarali ishlash uchun ularni to‘g‘ri sozlash juda muhim. REGOS Servisi bir nechta mahsulotlarni bitta tarkibli tovar sifatida birlashtirish imkonini beradi. Bunday tovar yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:

1. Tarkibli tovarlar uchun alohida guruh yaratish qulaylik uchun barcha mavjud tarkibli tovarlarni joylashtirish uchun alohida guruh yaratishingiz mumkin.
Buning uchun “Nomenklatura” bo‘limiga o‘ting va tarkibli tovarlar uchun yangi ildiz (kornevoy) guruh yarating.

2. Yangi nomenklatura yaratish “Nomenklatura” bo‘limiga o‘ting, yaratilgan guruh ichida yangi nomenklatura yarating va “Asosiy” bo‘limida majburiy parametrlardan to‘ldiring.
Eslatma: tasnif.soliq.uz saytida bir nechta turdagi tovarlardan terdiriladigan to‘plamlar uchun maxsus IKPU kodi mavjud, bayram to‘plamlari ham shular jumlasiga kiradi.

3. “Qo‘shimcha xususiyatlar" bo‘limida belgilash “Qo‘shimcha xususiyatlar” bo‘limida tovar tarkibli tovar ekanini bildiruvchi belgini qo‘ying.

4. “Tarkib” bo‘limiga elementlarni qo‘shish tovar saqlangandan so‘ng, “Tarkib” bo‘limi ochiladi. Bu yerda to‘plam tarkibiga kiradigan barcha mahsulotlarni qo‘shishingiz mumkin.
Shokolad, choy, qahvani nomenklatura bo‘yicha tanlab, har birining sonini ko‘rsating.

 

Nima uchun tarkibli tovar sotish kerak?

1. Xaridorlarning e’tiborini tortadi

Sovg‘a to‘plamlari har doim ko‘zga tashlanadi. Bu hamkasblar, do‘stlar yoki qarindoshlar uchun universal sovg‘a. To‘plamlar o‘zining estetik ko‘rinishi, tayyor rasmiylashtiruvi va “ortiqcha tashvishsiz sovg‘a” g‘oyasi bilan jozibador.

2. O‘rtacha chekni oshiradi

Tarkibli tovar bir nechta mahsulotni birlashtiradi: xaridor bitta mahsulot o‘rniga to‘plamni oladi, bu esa umumiy xarid summasini oshiradi.

3. Moslashuvchan va xilma-xil

Siz turli xil to‘plam turlarini yaratishingiz mumkin:

  • premium to‘plam (qimmat shokolad, qahva, choy);
  • byudjet to‘plam;
  • mavsumiy (yangi yil, bahor, korporativ);
  • mavzuli (shirinlik sevuchilar, qahvaxo‘rlar, choy ixlosmandlari uchun).

Bu esa xaridorlarning turli segmentlarini qamrab olish imkonini beradi.

4. Mavsumda tez sotiladi

Bunday to‘plamlar ayniqsa yaxshi sotiladi:

  • Yangi yil oldidan,
  • 8 martda,
  • 14 fevralda,
  • korporativ sovg‘alar mavsumida,
  • ichki aksiyalar vaqtida.

 

Xulosa

Tarkibli tovar — sotuvni oshirish va xaridorlarni jalb qilishning ajoyib vositasi. “Shokolad + choy + qahva” sovg‘a to‘plami — har qanday bayram va holatga mos universal sovg‘a.
REGOS Servisi orqali siz bunday to‘plamlarni oson yaratishingiz, ularning tarkibini boshqarishingiz mumkin.
Bu esa savdo jarayonini yanada qulay va samarali qiladi, assortimentni esa jozibador va xilma-xil ko‘rinishga keltiradi.


Select your language