Ushbu maqolada:
Joriy holatni tahlil qilish
Har qanday yaxshilanish mavjud holatni tahlil qilishdan boshlanadi. Biz internet-do‘konimizni mashhur va yirik saytlar bilan solishtirishga qaror qildik — interfeysimiz qulaymi, vizual ko‘rinish ishonch uyg‘otadimi, hammasi intuitiv tushunarli bo‘ladimi?
Biz quyidagilarni o‘rgandik:
- mahsulot kartochkalarining tuzilishi,
- tugmalar dizayni,
- savatchaga qo‘shish va buyurtma berish jarayoni.
Tahlil qilingan saytlar ro‘yxati:
*Ro‘yxat faqat tadqiqot maqsadida keltirilgan va reklama xarakteriga ega emas.
Mahsulot kartochkalarining vizuali haqida
Tahlil davomida asosiy savollardan biri shunday bo‘ldi: mahsulot kartochkasini qanday uslubda rasmiylashtirish kerak?
Biz ikki asosiy yondashuvni kuzatdik:
- Oddiy oq fon – qo‘shimcha elementlarsiz.
- Katalog uslubi – rasm ustida matn yoki grafik ma’lumotlar bilan.
Qaysi vizualni tanlash kerak?
Asosli qaror qabul qilish uchun foydalanuvchilarimiz va faol onlayn xaridorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdik. So‘rovnoma qatnashchilariga turli do‘konlardan olingan mahsulot kartochkalari skrinshotlari (brend yoki sayt nomisiz) ko‘rsatildi va ular 1 dan 5 gacha baho berishdi. Bundan tashqari, ular qaysi internet-do‘konlardan tez-tez foydalanishlarini ham yozishdi.
Tadqiqot natijalari
Bizda shunday gipoteza bor edi: grafik bezakli kartochkalar foydalanuvchilar tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi. Biroq bu tasdiqlanmadi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar oq fonli kartochkalarni afzal ko‘rdi. Ular bu uslubni professionalroq va odatiy deb baholashdi. Ko‘plab foydalanuvchilar Amazon’ni muntazam ishlatishlarini, bu platformada aynan oq fon ishlatilishini ham ta’kidlashdi.
Qanday qaror qabul qilindi?
Biz barcha mahsulot rasmlarini oq fonli qilishga qaror qildik. Hozirgi vaqtda rasmlarda hali ham watermark bor — yaqin orada ularni olib tashlaymiz va faqat mahsulot rasmlarini qoldiramiz.
Keyingi rejalari
Bu tadqiqot — rivojlanish yo‘limizdagi birinchi qadam. Yana ko‘plab o‘zgarishlar oldinda. Ba’zilarini allaqachon joriy etdik va keyingi maqolalarda bu haqda so‘zlab beramiz. Blogimizni kuzatib boring!
👉 O‘tkazilgan so‘rovnoma havolasi:
https://forms.gle/d7m4WXxnYRQG8QuT7